O'quv markazingizni dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan boshqaring!
Hammasi 2019-yildan boshlangan…
Bir qadrdon akamiz o'quv markazlarida o'quvchilar soni ko'payib ketganligi sababli administratorlari juda ko'p ishlarga ulgurmayotganini aytib, ular uchun soddaroq dastur yaratib berishimizni iltimos qildilar. Biz dastur yaratish maqsadida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdik va boshqa o'quv markazlar faoliyatini ham yaqindan o'rgandik. O'rganishlar jarayonida shunga guvoh bo'ldikki, deyarli o'quv markazlar faoliyati umuman avtomatlashtirilmagan. Shunda biz o'z jamoamiz bilan soddaroq dastur emas balki, barcha o'quv markazlari uchun qulay bo'lgan, markaz faoliyatidagi barcha jarayonlarni to'liq avtomatlashtiruvchi mukammal CRM dasturini yaratishga qaror qildik. Uzoq vaqt mashaqqatli mehnatlar ortidan o'z CRM dasturimizni yaratdik. Ushbu CRM dasturiga biz (Aqlli ta'lim) EduSmart nomini berdik.
Bugungi kunda ushbu CRM tizimi internet tarmog'ida EduSmart.uz domeni ostida ishlab kelmoqda, undan foydalanuvchi o'quv markazlari soni esa 100 dan oshgan.
EduSmart CRM dasturi respublikamizda intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining maxsus ekspertlari tomonidan ekspertizadan o'tkazilgan bo'lib, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur yoki ma'lumotlar bazasiga bo'lgan mulkiy huquqlarni himoya qiluvchi maxsus GUVOHNOMA ga ega.
Ushbu GUVOHNOMA EduSmart CRM dasturini mavjud CRM dasturlarini ustiga qurilmaganligini, boshqa shu kabi dasturlar , internet kodlardan ko'chirilmaganligini asoslagan holda, dastur to'liq muallifning o'ziga tegishli ekanini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
EduSmart CRM dasturidan muallifning ruxsatisiz har qanday yo'l bilan foydalanish qonuniy javobgarlikka olib keladi.